28.11.2022 576

24-25-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti delegatsiyasi Boku shahrida ADA universitetida boʻlib oʻtgan “Oʻrta yoʻlak boʻylab: geosiyosat, xavfsizlik va iqtisodiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.

Konferensiyaning ochilishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.

Davlat rahbari anjumanda so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Ushbu muhim tadbir ishtirokchilari orasida AQSh, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Isroil, Shvetsiya, Italiya, Gruziya, Kanada, Misr, Pokiston, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi tahlil markazlari rahbarlari va vakillari bor edi.

Anjumanda Oʻrta yoʻlak xavfsizligini taʼminlash jihatlari, mintaqaning iqtisodiy imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, bu borada Zangezur yo‘lagining ahamiyati, Sharq-G‘arbiy yo‘lak orqali yaratiladigan yangi transport imkoniyatlari, xalqaro yuk tashishlarni kengaytirish va diversifikatsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etish davomida ishtirokchilar Boku xalqaro dengiz savdo porti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.