23.09.2022 1274

Kuni kecha davlatimiz rahbarining 330-sonli qarori bilan tashkil etilgan JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya, Vengriya Diplomatik akademiyasi hamda Oʻzbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abad Fayzullayev ishtirokida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda diplomatik kadrlarini tayyorlash sohasidagi tegishli oʻquv dasturlari va boshqa tadbirlar boʻyicha axborot almashildi. Akademik almashinuv dasturini amalga oshirish hamda bu boradagi kelgusi rejalar ishlab chiqilishi kelishib olindi.

Vengriya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari, Vengriya Diplomatik akademiyasi prezidenti - Orshola Pachay Tomashich tashkil etilgan uchrashuv ular uchun ahamiyatliligiga urgʻu berib universitetlararo hamkorlik  diplomatik akademiya muammolarini hal qilishda samarali yoʻl ekanligi ta’kidladi.

JIDU rektori Sodiq Safoyev universitetimiz yaqin kunlarda oʻzining 30 yillik yubeleyini nishonlashini va bugungi kunda Smart universitetga aylantirish choralari koʻrilayotganligini ta’kidladi. Ikki tamonlama takliflar koʻrib chiqilgandan soʻng, qisqa va uzoq muddatli akademik almashinuv dasturlarni yoʻlga qoʻyish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Qoʻshma tadqiqot dasturlari ikki tomon uchun ham mutloq sezilarli ahamiyatga ega ekanligiga urgʻu berildi.

Elchi Abat Fayzullayev ushbu masalalarda ikki tomonga ham bundan buyon faol koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.