17.09.2022 480

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU zakovat oʻyinlarining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.  Tadbir davomida 2021-2022-oʻquv yilida tashkil etilgan zakovat oʻyinlarida gʻalaba qozongan jamoalar taqdirlandi va shu bilan birga yangi tashkiliy tuzilma a’zolari talaba yoshlarga tanishtirildi. Oʻz navbatida tashkiliy tuzilma 2022-2023-oʻquv yilida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan zakovat oʻyinlari dasturlari va yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan zakovatchi yoshlarni tanishtirib oʻtdi. Shuningdek,  JIDU zakovat klubi koordinatori Sayyora Tillaxodjayeva ham so’zga chiqib, talabalarga  oʻz maslahat va tavsiyalarini berib oʻtdi hamda kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.