30.08.2022 945

2022-yilning 29-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Huawei kompaniyasining Yevrosiyo mintaqasi Prezidenti Daniel Chjou bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Universitet rektori Sodiq Safoyev bilan uchrashuv davomida tomonlar mamlakatda raqamli transformatsiya, jumladan, oliy ta’lim sohasi masalalarini muhokama qildilar.

Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Jiakay oʻz nutqida “Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda 23 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqt ichida yosh iste’dodlarni qoʻllab-quvvatlash va raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida mahalliy universitetlar va ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi. Bugun biz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati bilan tanishish va kompaniyamiz bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdan mamnunmiz. Huawei ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va Smart kampuslarni yaratish boʻyicha katta tajribaga ega, bu esa universitet professor-oʻqituvchilari va talabalariga oʻquv jarayonida raqamli yechimlarni qoʻllash imkonini beradi” deya ta’kidladi.

Tashrif natijalariga koʻra, Huawei kompaniyasi hamsa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkilotlar oʻrtasisa oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, universitet xodimlari va talabalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar va tajriba almashish sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.