26.08.2022 650

Joriy yilning 25-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining iqtidorli talabalari “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani muovini Sayyora Tillaxodjayeva rahbarligida parlament faoliyati haqidagi tasavvurlarini amalda shakllantirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishish hamda siyosiy bilim va koʻnikmalarini yanada boyitish maqsadida Senatning yangi binosida senatorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Alimov talabalarga Senatning faoliyatining huquqiy asoslari, vakolat va vazifalari, qonunlarni koʻrib chiqish hamda qabul qilish jarayonlarining ayrim jihatlari, parlament nazoratini olib borish toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.

Talabalar Senat faoliyati haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan javoblar olishdi.