23.08.2022 568

Joriy yilning 17-20-avgust kunlari Qizg‘iziston Respublikasi, Issiq-Ko‘lda MDH davlatlari yosh diplomatlari forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Forumda O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etdilar.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi vakillari sifatida JIDU tayanch doktorantlari Gafarov Islomxon va Murtozayev Sardorbek ishtirok etishdi.

Tadbir davomida JIDU vakillari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o‘zaro bog’liqligi mavzusida maruza qilishdi.

Forum yakunida JIDU tayanch doktorantlari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.