10.08.2022 1473

Joriy yilning iyul oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti o‘qituvchilari Usmonova S. va Abdullayeva K., ilmiy xodim Karimova X. hamda “Xalqaro huquq” fakulteti dekani boshchiligidagi  delegatsiya Shveytsariyaning Bern shahriga tashrif buyurdi.

Safardan koʻzlangan maqsad Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va Jahon savdo markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida hamkorlikni amalga oshirishdan iborat boʻldi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Bern universiteti (Shveytsariya) qoshidagi Jahon savdo instituti Yozgi akademiyasining quyidagi modullari bo‘yicha tahsil olishdi:

  1. «Qishloq xoʻjalik mahsulotlar savdosi boshqaruvini kuchaytirish» - maʼruzachilar Ken Ash va Kristian Xabern.
  2. “Xalqaro investitsiya huquqi va nizolarni hal etish sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar” – maʼruzachilar Maykl Potesta, Krista Nadavukarer va Radrigo Polanko.

Olingan yangi bilim va ko‘nikmalar JST huquqi bilan bog‘liq fanlarni o‘qitish tizimini takomillashtirishga, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik esa loyihani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.