02.08.2022 961

Joriy yilning 23-25-iyul kunlari Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Daler Hamidov Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan “Klimatik migrantlarni xavfsizligini taʼminlash” mavzusidagi “Change the World MUN 2022” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiya iqlim muhojirlarini himoya qilish mexanizmlari haqida boʻlib oʻtdi.

CWMUN 2022 xalqaro konferensiyasida butun dunyodan 5000 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaning bir qismi Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Polshaning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevski, Italiyaning BMTdagi doimiy vakili Mauritsio Massari kabi taniqli siyosiy arboblar ham ishtirok etishdi.