20.07.2022 1193

2022-yil 14-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Dr Iqboljon Qoraboyev ishtirokida Yirtqich nashrlar muammosi global Janub nuqtayi nazaridan nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va doktorantlar ishtirok etishdi.

JIDU bitiruvchisi Iqboljon Qoraboyev Fransiyaning Tuluza universitetida PhD ilmiy darajasini olgan bo‘lib, hozirda Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi M.Narikbayev nomidagi KAZGUU universitetining Xalqaro aloqalar kafedrasi dotsenti hamda Belgiyaning UNU-CRIS instituti ilmiy xodimi hisoblanadi.

Mazkur uchrashuv davomida Dr Iqboljon Qoraboyev yirtqich jurnallar tushunchasi, ularning kelib chiqish tarixi, belgilari, shuningdek, olim va tadqiqotchilar nima sababdan o‘z ishlarini yirtqich jurnallarda chop etishlarining sabablari va uning oqibatlari to‘g‘risida taqdimot qildi. Olim yirtqich jurnallarda maqola chop etish muallifning ilmiy salohiyatiga qay darajada salbiy ta'sir ko‘rsatishiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.