11.07.2022 1339

Joriy yilning 5 iyul kuni JIDU "Street Law" jamoasi vakillari Yuridik klinika direktori Ubaydullaev Z. S. boshchiligida Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi qizbolalar o'quv-tarbiya muassasasiga tashrif buyurib, o'quvchilar bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'dhimchalar haqida suhbat o'tkazdi.
Tadbir davomida ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlar, shuningdek, o'quvchilarning kelajak taqdiriga oid o'zgartirishlar har tomonlama muhokama qilindi. Qizlarning huquq va erkinliklarini to'liq ta'minlash, o'z fikr-mulohazalarini bildirish orqali jamiyat rivojlanishiga hissa qo'shishga imkoniyat yaratish, o'quvchilarning qo'shimchalar kiritilishi bo'yicha takliflarini Oliy Majlisga etkazish masalalari ko'rib chiqildi. Jamiyat va davlatni rivojlantirish yolida aholi fikri katta ahamiyatga egaligi alohida ta'kidlandi.