26.06.2022 1726

Joriy yilning 24-iyun sanasida JIDU qoshidagi Yuridik klinikaning 21 - oʻquv yili bitiruvchi faol talabalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Ushbu tadbirda universitet prorektorlari Yusufjonov O.A. va Ismailova G.S., Xalqaro huquq fakulteti dekani Yakubhodjaev U.A. bilan bir qatorda yuridik klinika rahbariyati Ubaydullaev Z.S., Cherkashina I.A. va advokat Mayorova G.N. tabrik nutqlarini bayon etishdi. Yuridik klinikaning bitiruvchi talabalari ham chuqur amaliy bilim va tajriba olganliklari uchun o'zlarining samimiy minnadorchiliklarini bildirishdi. 

Talabalarga sertifikat va sovgʻalar taqdim etildi. Yuridik klinika mamlakatimizga navbatdagi boʼlajak diplomat va xalqaro xususiy huquq sohasidagi yetuk mutaxassislar hamda huquq muhofaza qilish sohalarga huquqshunoslik amaliyotini chuqur egallagan yangi Oʻzbekistonning kuchli yuristlarini yetishtiradi.