22.06.2022 881

Joriy yilning 23-26-iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Yevrosiyo tadqiqotlari jamiyati va Yevropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati hamkorligida nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirda siyosiy fanlar, xalqaro munosabatlar, iqtisod, moliya, huquq, tarix, antropologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, ta’lim, mediashunoslik, sotsiologiya va boshqa sohalar bo‘yicha 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafarga yaqin olim va ekspertlar ishtirok etadilar.