13.06.2022 782

Joriy yilning 13-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti birgalikda Amerika Qoʻshma Shtatlarining bir qator davlatlaridagi sobiq elchisi Filip Kosnet va “Kosnett Associates LLC” kompaniyasining asoschilaridan biri Elison Kosnet bilan uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuvda JIDU professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir “Afgʻoniston kelajagi” va “Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” strategiyasi” kabi dolzarb masalalarga bagʻishlandi. Unda elchi Filip Kosnet va Elison Kosnet oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirning soʻnggi qismida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qildilar.