11.06.2022 949

Joriy yilning 8-iyun sanasida Xalqaro munosabatlar fakulteti va Toshkent shahar IIO FMB Giyohvandlikka qarshi kurash boʻlimi bilan hamkorlikda “Giyohvandlik-asr vabosi” nomli davra-suhbati tashkil qilindi. 
Suhbat jarayonida “Giyohvandlik – asr vabosi”, inson tafakkuri kushandasi ekanligini, shu bois giyohvand moddalarni yetishtirish, sotish, tashish va saqlashning oldini olishga barcha o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili 26 iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan. 
Bu borada Respublikamizda doimiy ravishda tadbirlar o‘tkazilib borilyapti. Jumladan, JIDUda ham barcha soha vakillari hamkorligida tadbirlar o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Bu borada insonning e’tiqodi kuchli, mustahkam bo‘lishi kerak.  Inson hayoti, yosh avlod kelajagiga raxna solishi mumkin bo‘lgan giyohvandlikka qarshi kurashish mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi, qolaversa, har birimizning muhim vazifalarimizdan biri bo‘lib hisoblanadi. Zero, jamiyat hayotidagi mavjud har qanday zararli illatni yo‘q qilish va uning oldini olish har birimizning vazifamiz, sharafli burchimizdir.
Tadbir so’ngida talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berdilar hamda “Zulmatga chorlovchi yo’l” nomli videorolikni tomosha qilib o’zlari uchun kerakli xulosani chiqarib oldilar.