09.06.2022 1020

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyatiraqamli universitet yaratish bo‘yicha innovatsion yechimlarbilan tanishish maqsadida Huawei kompaniyasiningO‘zbekistondagi ofisida bo’lib qaytdi.

Rektor Sodiq Safayev boshchiligida Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiya universiteti rahbariyati Huawei kompaniyasiningO‘zbekistondagi innovatsion integratsiya markaziga tashrifbuyurib, kompaniyaning respublikada amalga oshirayotganishlari bilan tanishdi.

Koʻrgazma zaliga tashrif davomida mehmonlarga 5G, bulutli texnologiyalar va raqamli energiya sohasidagi soʻnggiinnovatsiyalar kabi iqtisodiyot va sohalarning raqamlitransformatsiyasini tezlashtirishi mumkin boʻlgan AKTningyechimlari va tendentsiyalari taqdimoti oʻtkazildi.

Huawei mutaxassislari oliy taʼlim muassasalariniraqamlashtirish va kampus boshqaruvi jarayonlarisamaradorligini oshirish boʻyicha oʻz tajribalari vamuvaffaqiyatli holatlari bilan oʻrtoqlashdi. Raqamli oʻqitishsohasidagi tendentsiyalar va universitetlar uchun AKT sohasidagi tendentsiyalar, jumladan, infratuzilmaviyyechimlar, hamma joyda mavjud boʻlgan tarmoq qamrovi, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada interaktiv qilishimkonini beruvchi intellektual qurilmalar koʻrib chiqildi. Tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishnidavom ettirish va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyauniversitetining “aqlli” kampusga o‘tish bo‘yicha eksklyuzivrejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunga qadar Huawei oliyo‘quv yurtlarini raqamlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Huawei kompaniyasining raqamli yechimlari butun dunyobo‘ylab 2600 dan ortiq universitet va tadqiqot markazlaridaqo‘llaniladi.