12.05.2022 212

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot sari o‘zaro hamjihatlik” mavzusida SHHT Xalq diplomatiyasi forumi bo’lib o’tdi.

Forumda xalqaro tashkilotlar vakillari, SHHTga a’zo mamlakatlar parlamentlari, nodavlat tuzilmalar va ilmiy-tahlil markazlari rahbarlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti siyosiy fanlar doktori professor E. Sultanova hamda bir qancha talabalar qatnashdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil Toshkentda tashkil etilgan SHHT Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatiga alohida urg‘u berildi. Mazkur tuzilma qisqa vaqt ichida tashkilot tizimida munosib o‘rin egallagani, Xitoy, Tojikiston va boshqa qator davlatlarning yondosh muassasalari bilan yaqin aloqa o‘rnatilgani e’tirof etildi.

Anjumanda yurtimizning SHHTga raisligi va respublikamiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar yuqori baholandi. Delegatsiyalar SHHTga a’zo davlatlardagi yosh avlod salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarish, har yili SHHT madaniy va sayyohlik poytaxti maqomini berish amaliyotini joriy etish, “SHHT Ezgu niyat elchisi” institutini tashkil etish singari mamlakatimiz takliflari qo‘llab-quvvatladi.

Bugun dunyo burilish davriga kirmoqda. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi chuqur o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining nodavlat notijorat tashkilotlari xalq diplomatiyasining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishini juda istardim. Shundagina u xalqlar darajasida yaqinlashish uchun chinakam talabga ega platformaga aylanishi mumkin. Shu bois ShHT xalq diplomatiyasi forumlariga har yili Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning har birida oʻtkazib turilgan holda doimiy maqom berish zarur, - deydi E. Sultanova.

Mahalliy va xorijiy tashkilotlar vakillari turli g‘oya va takliflarni ilgari surishadi, muhim tashabbuslar, qiziqarli taqdimotlar bilan chiqish qiladilar.