12.05.2022 146

Joriy yilning 7 may kuni Yangihayot tumanidagi 329-umumta’lim maktabida tarix fani o`qituvchilari uchun “Ta`lim sifatini yuksaltirishda o`qituvchining kasb mahorati” mavzusida amaliy-seminar o`tkazildi. Ushbu amaliy-seminar JIDU dekan muovini S.Ibadullayev, JIDU qoshidagi akademik-litseyi oliy toifali oqituvchilari M.Soliyev va M.Tuxtabayevalar tomonidan olib borildi. Seminar-trening mavzu doirasida o`qituvchilar mahoratidagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda va metodik qo`llanmalardan foydalangan holda  tashkil etildi. Seminar-trening davomida o`qituvchilar faol qatnashib o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.