08.05.2022 238

Joriy yilning 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining majlislar zalida 9-mayga bag‘ishlangan “Eʼtibor va g‘amxo‘rlik - insoniy burchdir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi va ikkinchi kurs talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbirga Ikkinchi jahon urushi faxriylari taklif etildi. Tadbirni universitet Xalqaro aloqalari bo'yicha prorektori S.Saidqosimov ochib berildi, hamda "O'zbekistinning kelajagi bugun bilim olayotgan va o'sib kelayotgan yosh avlodning qo'lida" ekanligini ta'kidladilar. Tomoshabinlarga "Xotira" nomli kichik film taqdim etildi. Tadbir “Theatre of emotions”, “Для любителей литературы ”, “Uwed youth greativity club”, “ Yozuvchilar klubi” va  “Ofarin”  raqs ansanbili ishtirokidagi musiqali chiqishlar bilan davom etdi. Talabalar musiqali chiqishlar, she’rlar va O‘tkir Xoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” asaridan sahna ko‘rinishini namoyish etdilar. Tadbir davomida oramizda bo'lmagan, ammo oliyjanobligi va mehnati bilan olqishlangan JIDU sobiq o'qtuvchilari xotirasi yodga olindi va qisqa videorolik namoyish etildi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy kuchlar markazi qoshidagi musiqa va raqs ansambli tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tadbir bugungi tinchlik va osoyishtalik ulkan qurbonliklar evaziga qo‘lga kiritilgani va ularni asrab-avaylashimiz kerakligini yana bir eslatib o‘tildi.