14.01.2022 626

Joriy yil 13-yanvar kuni, qishki taʼtil davrida talabalar uchun tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi prof., i.f.d. N.Sirojiddinov hamda tyutorlar tomonidan “JST va YOII ga a’zo bo‘lishning O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvidagi roli” mavzusida navbatdagi onlayn mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida, N.Sirojiddinov Jahon savdo tashkiloti, uning maqsad vazilari, asosiy prinsiplari, JSTga a’zo davlatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, YOIIga a’zo davlatlar haqida   talabalarga kerakli va qiziqarli ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining JST va YOIIga a’zo bo‘lishidagi yutuqlari va yo‘qotishlari haqida talabalarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, ushbu mahorat  darsi savol-javoblarga boy bo‘ldi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Umuman olganda mahorat darsi, yuqori darajada qiziqarli o‘tdi.