14.01.2022 752

Joriy yilning 13-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 6-yanvardagi 2-sonli “Ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 6-bandi hamda “2021/22-o‘quv yilida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’nalishida amalda oshiriladigan ishlar rejasi”ning 19 va 45 bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar xalq tayanchi”  mavzusida tashkil etilgan onlayn davra suhbati talaba-yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti,  A.A.Sharapov mavzuga oid taqdimot bilan ma’ruza qilib,  bugungi  kunda mamlakatimiz taraqqiyotida yoshlarning o’rni muhim rol kasb etishi haqida, shuningdek ma’ruzada yoshlar masalalariga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlarida ilgari surilgan fikirlar keltirildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarga o’zlarini namoyon qilishlarida keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, yoshlarni taxsil olishi uchun tanlov imkoniyati ko’payganligi e’tirof etildi.