13.01.2022 201

2022-yil 12-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 6-yanvardagi 2-sonli “Ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 6-bandi ijrosini ta’minlash haqida”gi buyrug‘iga ko‘ra universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, universitet psixologi O.Arziyev hamda tyutorlar tomonidan 2 kurs talabalari uchun “Talabalarning bilim olish ishtiyoqini yanada oshirish" mavzusida onlayn psixologik trening tashkil etdilar.

Treningda universitet psixologi talabalar bilan yaqindan ochiq muloqot qilgan holda ularning bilim olishga bo’lgan qiziqish, ishtiyoqni yanada oshirish usullari haqida savol-javoblar orqali suhbat qildilar.

Shuningdek, yoshlarga kelajakdagi maqsadlarini aniqlash, unga erishish yo’lida qay tarzda harakat qilish lozimligi, ulardagi mavjud ichki qo’rquv va to’siqlarni yenga olish, o’ziga bo’lgan ishonchni oshirish   kabi mavzularga ham alohida to’xtalib, zarur tavsiyalar berib o’tildi. Trening yakunida psixolog talaba-yoshlarni qiziqtirgan turli muammo va savollariga individual yondashgan holda javob berdi.

Qiziqarli tarzda o’tgan ushbu onlayn psixologik trening talaba-yoshlarni bilim olishlariga, muvaffaqqiyat sari ildam qadam qo’yishga motivatsiya berdi. Trening yakunida yoshlarni qiziqtirgan turli mavzular bo’yicha bunday treninglarni ko'proq o’tkazish taklifi talabalar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.