25.11.2021 203

Institut haqida ma'lumot

Markaziy Osiyo tahliliy hisobotlar byurosi (CABAR.asia) — Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy tahliliy, axborot va taʼlim platformasi. Uning vazifasi ekspert va jurnalistik tahlillarni rivojlantirish, yangi media bo‘yicha treninglar o‘tkazish va mintaqa mamlakatlaridagi keng ijtimoiy jarayonlarni tahliliy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Joriy yilning 14-21 noyabr kunlari Xalqaro munosabatlar kafedrasi shogird-o’qtuvchisi va Qobilov Firdavs va Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-kurs talabasi Nuriddinov Umarbek Olmaota shahridagi CABAR.Asia  4-tahlilchilar maktabida tahsil oldilar.

Ushbu maktab Markaziy Osiyo mintaqasida axborot xavfsizligi masalalariga bag'ishlangan bo’lib, unda Afgʻoniston mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligini taʼminlash masalalari ham koʻrib chiqildi. Ishtirokchilarga tahliliy hisobot va eslatmalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini o‘rgatish maqsadida treninglar o‘tkazildi.

Shuningdek CABAR.asia Analitika maktabida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Unda Nargiza Muratalieva, Anna Gusarova, Timur Shaybergenov, Azizjon Azimi, Aleksey Malashenko, Yuliy Yusupov, Saviya Xasanova, Adil Kaukenov, Maksim Yakovlev kabilar qatorida Markaziy Osiyo, Ukraina, Rossiyadan kelgan taniqli ekspert va mutaxassislar so‘zga chiqdilar.