23.11.2021 164

16-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida Taraqqiyot strategiyasi markazi va Fridrix Ebert fondi hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo va global dunyo yoshlar nigohida" mavzusida konferensiya ochildi. Ikki kunlik tadbirni Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Doktor Tino Klinner ochib berdi.

Ushbu ikki kunlik seminar-trenningda, Fridrix Ebert fondi taklifi bilan JIDU “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori Faridun Sattarov maʼruzalar oʻqib qatnashdilar. Sattarovning maʼruzalarini oʻzbek yoshlari bilan bir qatorda Qozogʻistondan taklif etilgan talabalar tingladilar.

Fridrix Ebert fondi Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy darajada loyixalar ustida ish olib borib, loyihalarning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo tadqiqotchilari, siyosatchilari va nodavlat va notijorat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hisoblanadi. Shu bilan birga Fridrix Ebert fondi Yevropa jamgʻarmasi sifatida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjixatlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidlab oʻtish joiz.

Shu kabi tadbirlar oʻtkazilishi hamkorlik va yaxshi qӯshnichilik jarayonlarning bir koʻrinishi boʻlib, Markaziy Osiyo davlatlari uchun muloqot davrasini kengaytirishga koʻmaklashadi.