23.11.2021 178

Joriy yilning 19-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga tashrif bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezidentlar strategik sheriklik va iqtisodiy hamkorlik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

- O‘zbekiston nafaqat eng yaqin qo‘shnimiz, balki ittifoqdoshimizdir. Biz O‘zbekistonni aynan shunday qabul qilamiz, - dedi Rossiya Prezidenti. – Bu yirik mintaqaviy davlat bo‘lib, bizlarni tarix nuqtai nazaridan ham, bugungi kunda ham ko‘plab jihatlar bog‘lab turadi.

Bugun O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmining 18 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Tovar ayirboshlash ko‘paymoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili 15 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu ko‘rsatkich hatto murakkab davrda ham hamkorlik qilayotganimizni, hamkorligimiz muvaffaqiyatli kechayotganini aniq-ravshan ko‘rsatib turibdi.

Keyingi yillarda ikki davlat munosabatlarida chinakam ulkan yutuqlarga erishilganligi – bunday ko‘rsatkichlar ilgari bo‘lmaganligi alohida Prezidentimiz tomonidan aytidi. Hususan, tovar ayirboshlash ortayotgani to‘qqiz oy yakunida 5 milliardni tashkil etib, yil oxirida ushbu ko’rsatkich 7 milliardga yetishi,  Bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiya hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilishi va eng asosiylaridan biri hududlar o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi hamda birgina joriy yilda yuqori darajadagi 50 ta o‘zaro tashrif tashkillashtirilganligi aytib o‘tildi.

“Keyingi to‘rt yilda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga ko‘payib, qariyb 3 mingtani tashkil etmoqda. Bugun yurtimiz iqtisodiyotida Rossiyadan jalb qilingan investisiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi va jadal o‘sishda davom etmoqda. Umumiy qiymati 14 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda” – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentlar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda investisiyaviy hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Yana bir muhim 2021-yil 17-noyabr sanasida bo’lib o‘tgan ma’lumotni alohida e’tirof etilsa bo’ladi. Rossiya va O‘zbekiston ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kompleks dasturini imzoladilar. Hujjatga Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumi doirasida Hukumatlararo komissiya hamraislari – Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov imzo qo‘ydilar.

Dastur amaldagi shartnoma o‘rniga qabul qilinmoqda. Yangi hujjat pandemiyadan keyingi davrda elektron tijorat, iqtisodiyotni raqamlashtirish, energiya va suvni tejaydigan yangi texnologiyalar kabi samarali vositalardan foydalanish, shuningdek, migratsiya sohasidagi yondashuvlarni takomillashtirish orqali iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish zarurligini hisobga oladi.

Bundan tashqari, Rossiya va O‘zbekiston COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish, vaksina ishlab chiqarish, koronavirusga chalinish holatlarini oldini olish, bemorlarni tashxislash hamda davolash borasida tajriba va axborot almashish niyatlarini bildirdilar.

Dastur bilan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, aloqa, moliya, fan va taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, hududlararo hamkorlik kabi barcha anʼanaviy sohalar qamrab olingan. Asosiy maqsad o‘zaro manfaatlarga asoslangan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va diversifikatsiya qilish, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashdan iboratdir.

Shoxrux Qo‘chqarov

“Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 2-bosqich talabasi