23.11.2021 136

Joriy yilning 20-noyabr kuni Dzyu-do boʻyicha respublika musobaqasiga saralash bellashuvining Toshkent shahar ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. 

Mazkur musobaqada  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi, JIDU sport klubi a’zosi  Fayzaxmatov Sherzod  -60 kg vazn toifasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Universitet jamoasi Sherzodni ushbu g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.