22.11.2021 165

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar poytaxtimizda “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligiga start berildi.

Loyiha doirasida joriy yilning 20-noyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida oʻtkaziladigan “CUDC” debat intellektual oʻyinida poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlaridan iborat jamoalar qatorida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalaridan iborat “Poppy fields” jamoasi ham faol ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Universitet rahbariyati “Poppy fields” jamoasi a’zolari: Alixon Avazxonov hamda Madina Matnazarovani ushbu gʻalaba bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.