20.10.2021 771

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!

Barchangizni eng ezgu qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan qutlug‘ sana – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklayman!

Til insonni inson qiladigan qudratli vositadir, ayni paytda xalqning, millatning mustaqilligi, ma’naviy yuksakligi, kamoli, obro‘yi hamda mavqeyini belgilovchi mezonlardan biri ona tiliga bo‘lgan munosabatidir. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir.”

Biz ona tilimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek tili singari uzoq tarixga, bitmas-tuganmas adabiy xazinaga, cheksiz imkoniyatlarga, mukammal grammatikaga ega tillar dunyoda uncha ko‘p emas. Buyuk bobolarimizdan meros ko‘hna tilimizni asrab-avaylash, uning cheksiz qudratini yangitdan dunyoga namoyish qilish kelajak avlod – siz aziz talabalar qo‘lidadir!

Zero, davlatimiz rahbari “Bugungi kunda biz yangi O‘zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz”, – deya uning imkoniyatlari va buyuk istiqboliga katta ishonch bildiradi.

Qadrli ustozlar, aziz talabalar!

Ona tilimiz barchamizga Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdagi zafarli yo‘limizni yoritib turuvchi ma’naviyat chirog‘i bo‘lib qolishini tilayman!

JIDU REKTORI S.S.SAFOYEV