20.10.2021 549

JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi – BMTning Preventiv Diplomatiyasi Elchisi Abu Tolib G‘iyosov 2021-yil 12-15-oktabr kunlari Istanbul shahrida BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo yoshlar muloqoti”da ishtirok etdi.

Tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida zo'ravon ekstremizmni oldini olishga qaratilgan milliy harakat rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirishda yoshlar tuzilmalari va tarmoqlarining milliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

To‘rt kunlik muloqot doirasida milliy rejalarni amalga oshirishdagi asosiy muammolar va kamchiliklar, shuningdek, yoshlarni zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarining asosini tashkil etadigan mintaqaviy jarayonlarga jalb etish yo‘llari muhokama qilindi.