07.09.2021 355

Kuni kecha mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari keng tarzda nishonlandi. Bu sana munosabati bilan butun mamlakatimiz boʻylab turli bayram tantanalari boʻlib oʻtdi. Xuddi shunday tadbirlardan biri Rahima Yusupaliyeva va JIDUning boshqa jamoasi ishtirokida Mirzo Ulugʻbek tumaning “Yalongʻoch” va “Azamat” mahallalarida oʻtkazildi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra tashkil etildi.

“Xalqaro huquq” fakulteti oʻqituvchisi R. Yusuvaliyeva davlat rahbarining joriy yil 17-avgustda “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusining mohiyati, unda koʻtarilgan masalalar va soʻnggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining jamiyat va aholi turmushidagi ahamiyati va taʼsiri haqida fikr yuritildi.

Universitetning “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti oʻqituvchilari G.Sultonova tomonidan Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat, uning iqtisodiy jihatlari haqida gapirib oʻtildi. Shuningdek, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti oʻqituvchisi I.Uvraimov uchrashuv qatnashchilarini kelgusida oldimizda turgan vazifa va maqsadlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Muloqot davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Xususan, “Yalongʻoch” mahallasi raisi L.Pirnazarova tomonidan  “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida bartaraf etish lozim boʻlgan vazifalar haqida taʼqidlab oʻtdi.

JIDU hamda “Yalongʻoch” va “Azamat” mahallalari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, faol tarzda ishlashni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.