16.07.2021 366

Universitetning “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Xasanov Ulug‘bek Atabaevich rahbarligida “Modern Central Asia: Resilience & Capacity building” nomli jamoaviy monografiya nashr etildi. Ushbu monografiya o‘z ichiga o‘ttizga yaqin maqolalarni jamlagan holda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan. Unda mintaqa oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy muammo va istiqbollar chuqur tahlil qilingan.

Monografiya bugungi kunda Markaziy Osiyo masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.

Modern Central Asia: Resilience & Capacity building