16.07.2021 565

“Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovi oʻtkaziladi.

Unda respublikadagi 30 yoshgacha boʻlgan talaba-yoshlar qatnashishi mumkin. Tanlov materiallari oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Materiallar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Ishchi guruhida ekspertiza va baholash uchun taqdim etilishi lozim.

Ishtirokchilarning materiallari boʻyicha natijalar dastlabki bosqichda 20-sentyabrgacha, ikkinchi bosqichda esa 10-oktyabrgacha aniqlanadi.

Ilmiy ishlar 3 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanadi:

  • “Eng yaxshi saylov qonunchiligi bilimdoni”
  • “Eng yaxshi saylov tarixi bilimdoni”
  • “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni”.

Tanlov gʻoliblari munosib diplom, toʻplam bosma nusxasi hamda esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi.