09.04.2021 412

JIDU qoshidagi Yuridik klinikada "Xalqaro huquq" fakulteti 2 kurs talabalari uchun Mirzo Ulugʻbek tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudi rahbarligida sud mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Koʻchma sud majlisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun "Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi" kafedrasi dotsenti v.b Odil Yusufjonov tashabbusi bilan oʻtkazildi. "Jinoyat huquqi" fani doirasida boʻlib oʻtgan sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169, 276, 277 moddalari boʻyicha sodir etilgan jinoyat holatlari koʻrib chiqildi.

Talabalar jarayon boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga sud raislari Bahodir Qayumov, Muhammad Qayumovlardan va bosh prokuror yordamchisi X.Sadirov, advokat Z.Qurbonov, Yuridik klinika rahbari Ziyodulla Ubaydullayevdan ochiq sud majlisida javob oldilar.