02.04.2021 230

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Sharq tillari kafedrasi” tashabbusi bilan oʻzbek-koreys munosabatlari tarixi boʻyicha koreyalik professor Lim Seunning talabalar uchun maʼruzasi boʻlib oʻtdi. “Koreys-oʻzbek munosabatlarining tarixi” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda universitetning koreys tilini oʻrganayotgan 4 bosqich talabalari ishtirok etishdi. 

Yangi maʼruzalar siklini ochib bergan tadbirda maʼruzachi ishtirokchilarga oʻzbek-koreys munosabatlarning tarixi va bugungi rivoji, turizm taraqqiyotida sanʼat va madaniyatning ahamiyati, Koreya muzeylarining oʻziga xosligi, ikki davlat madaniyatidagi oʻxshash jihatlar haqida maʼlumot berdi.