02.03.2021 166

2021-yil 26-fevral kuni JIDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kun tartibidagi asosiy masala sifatida 08.00.09 – “Jahon iqtisodiyoti” yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan Ulugʻbek Ziyadullayevning “Jahon kapital bozoriga integratsiyalashgan holda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash imperativlari” mavzusidagi (DSc) doktorlik dissertatsiyasining muhokamasi koʻrildi.

Mazkur doktorlik dissertatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Rossiya Fanlar Akademiyasi bozor muammolari oʻrganish institutida amalga oshirilgan.

 Dissertatsiyaning tarkibi 2009-2021-yillarda  Oʻzbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda chop yetilgan 76 ta ishni oʻz ichiga oladi. Jumladan ilmiy jurnallardagi maqolalarining 42 tasi Oʻzbekiston Respublikasi OAK, Rossiya xalq taʼlimi vazirligi, Scopus, Web Of Science, RIMI kabi xalqaro ilmiy nashr va toʻplamlarda nashr etilgan.

Dissertatsiya muhokamasida rasmiy opponentlardan tashqari respublikamiz va xorijlik ilm-fan doiralari vakillari ishtirok etishdi. Dissertatsiyaning koʻp tomonlama muhokamalari, onlayn va offlayn savol-javoblar hamda rasmiy, norasmiy opponentlar izohlaridan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi OAK talabiga koʻra yashirin ovoz berish oʻtkazildi. Unda JIDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning 19 nafar aʼzosi qatnashib, bir ovozdan U. Ziyadullayevga 08.00.09 - “Jahon iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha talab qilingan doktorlik darajasi (DSc)ni berishga qaror qilindi.

Yigʻilish tarkibiy aʼzolari:

  • Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash raisi yu.f.d, professor Hamedov I.
  • Ilmiy kengash kotibi yu.f.n. Yusufjonov O.
  • Yetakchi tashkilotchi: Lomonosov nomidagi MDUning Moskva iqtisodiyot maktabi
  • Rasmiy opponentlar: RFAning muxbir aʼzosi, i.f.d, professor Grinberg R., i.f.d. Rasulov T., i.f.d. Sharifxoʻjayev Sh.
  • Oʻzbekistondan ilmiy konsultant – i.f.d., professor, Islomov B.

Ilmiy kengash soʻnggida Ulugʻbek Ziyadullayevning ilmiy ishi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi va bu orqali malakali kadrlar sonining ortib borayotgani taʼkidlandi.