26.02.2021 637

19-fevral kuni JIDU magistrantlar va tadqiqotchilari onlayn ma’ruzada qatnashdilar. Unda AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha mashhur eksperti Viktoria Klement va Massachusets texnologiya instituti doktori hamda Ogayo Davlat universiteti huzuridagi Mershon markazi faxriy dotsenti Brian M.Pollins o‘z nuqtlari bilan ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida O’zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Javlon Vahobov yaqin kunlarda “Newsweek” jurnalida chop etilgan va Amerika ekspertlari orasida kuchli rezonans uyg‘otgan “The US must remain engaged with Central Asia” nomli maqolasining asosiy jihatlarini bayon qilib, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ko‘p tomonli hamkorlikning ijobiy o‘zgarishlari bo‘yicha aniq faktlar orqali fikrlarini bildirdi.

AQShlik olimlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan tashqi siyosati jumladan, Markaziy Osiyo respublikalari xususan Afg‘oniston bilan faol hamkorlik siyosatini yuqori baholadilar.

Shuningdek, amerikalik mutaxasislar Prezident Bayden Adminstratsiyasining yangi tashqi siyosiy doktorinasidagi hududiy asperktlari ayniqsa Markaziy Osiyoga taalluqli jihatlarini chuqur tahlil qildilar. Ikki davlat o‘rtasida aniq yo‘nalishlar ayniqsa O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm potensialini hisobga olgan holda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar belgilab olindi. Doktor Viktoria Klement AQShda o‘zbek adabiyoti, madaniyati va tarixiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini hamda bunga misol qilib kuni kecha Alisher Navoiy tavalludiga atab o‘tkazilgan tadbirni misol qilib keltirdi.

Ekspertlarlar xulosasi yakunida JIDU prorektori professor S.Saidqosimov pandemiya sharoitida yuzaga kelgan jahon siyosatidagi yangi tendensiyalar tahlil qilindi. Onlayn muloqotda doktorant Y.Imomova, magistrantlar I.Gafarov, G.Mirhalilova, S.Muxtorjonova, A.G‘iyosov va uchrashuv tashkilotchisi va moderatori, magistratura dekani O.Nayimovlar faol ishtirok etishdi.

JIDU rahbariyati AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi jamoasiga, Favqulodda va Muxtor Elchimiz Javlon Vahobovga konferensiyani o‘tkazishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. Amerikalik ekspertlar bilan AQSh ichki va tashqi siyosatining xalqaro munosabatlarga ta’sirini tahlil qiluvchi bu turdagi muhokamalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.