24.02.2021 1699

Yoshlar har bir jamiyatning eng ishongan va muhim qatlami hisoblanadi. Sababi, mamlakat ertangi kuni ularning qanday shaxs bo‘lib shakllanishlari hamda maqsadlariga bog‘liq. Aynan shu sababdan ularni zararli g‘oyalar va yot fikrlardan himoyalash dolzarbdir. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari va JIDU talabalari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ham bu jihatlar ta’kidlandi.

Qadriyat tushunchasining asl mohiyati tarixiy sinovlarga bardosh berib, xalqning milliy manfaatlarini o‘zida to‘liq mujassam etgan shu bilan birga zamonaviy taraqqiyot talablariga ham javob bera oladigan, asrlar o‘tgani sari esa qadr-qimmati ortib boradigan g‘oyalar jamlanmasidir.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi mutaxassisi N.Shomirzayev yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.