24.02.2021 988

O‘z salomatligini o‘ylaydigan kishi borki sog‘lom turmush tarziga amal qilib, sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Yosh avlodning ma’nan va jismonan kamoloti hamisha davlatimiz diqqat markazida boʻlib kelgan. Sport va uning ixlosmandlari safini kengaytirish maqsadida turli bellashuvlar va sportchilar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilishi bunga misol. Ana shunday uchrashuvlardan navbatdagisi boksning WBC yoʻnalishida 70 kg vazn toifasida jahon chempioni Mahamadjanov Ravshan hamda boks sohasining boshqa faxriylari ishtirokida tashkil qilindi.

Uchrashuv qiziqarli kayfiyatda o‘tganini alohida ta’kidlash mumkin. Talabalar Ravshan Mahamadjonovga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, sportchining faoliyati, uning kelgusidagi rejalari haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

JIDU talabalari orasida sport tadbirlari oʻtkazish, ularning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish odat tusiga kirgan. Bu kabi uchrashuvlar tashkil qilinishi esa yoshlarni motivatsiyaga, oʻz oldiga qoʻygan maqsadi tomon intilishga undaydi.