24.02.2021 809

Xalqaro ona tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida diplomatlar, olimlar, bir qator oliy ta'lim muassasi vakillari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ushbu kun tarixi haqidagi hujjatli film namoyish etildi, soʻngra Bangladesh milliy tili - Bangla tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixi,  O'zbek-Bangladesh xalqlari she'riyatidan namunalar, shuningdek, Bangladesh hukumati tomonidan tashkil etilgan xalqaro ona tili bayramiga bag'ishlangan tanlovda g'olib bo'lgan O'zbekistonlik olim chiqishini qamrab oldi. Ushbu bayram tadbiri davomida JIDU yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektori Mingishov Laziz O'tkirovich oʻz nutqi bilan ishtirok etdi. Tadbirda talabalar O'zbek she'riyati durdonalaridan o'qib berishdi. JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Shoxrux Qoʻchqorov Alisher Navoiy bobomizning g'azallaridan birini ishtirokchilarga ifodali oʻqib berdi.

Tadbir elchixona rahbariyatining samimiy nutqi bilan yakunlab berildi.