22.02.2021 291

22-fevral kuni JIDU Xalqaro huquq fakulteti bitiruvchisi Gavharxon Saitazizova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda G.Saitazizova yirik yuridik firmalar va Xalqaro arbitraj sudida olib borgan faoliyati hamda shaxsiy tajribasiga oid maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Doʻstona kayfiyatda oʻtgan tadbirda talabalar qanday qilib AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda advokat boʻlish, xorijda sud jarayonlarida inklyuzivlikni taʼminlash masalasi, xalqaro investitsion baxslarni yechish usullari boʻyicha savollar bilan murojaat qilishdi. 

Uchrashuv yakunida Gavharxon Saitazizovaga universitet tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.