20.02.2021 387

2021-yil 18-fevral kuni Kuala-Lumpurdagi Oʻzbekiston elchixonasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon itisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori Komiljon Karimov hamda Malayziya Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar va diplomatiya instituti bosh direktori (DXMI) Moxd Zamrun Xalid oʻrtasida videokonferensiya tashkil qilindi. 

DXMI 1991-yili tashkil etilgan boʻlib, 2004-yildan boshlab ushbu Institut Malayziya Tashqi ishlar vazirligi tassarufidagi oʻquv muassasa hisoblanadi. Institutning bosh maqsadi etib xalqaro munosabatlar, strategik tahlil va inqirozni boshqaruv hamda tillar boʻyicha bilimlarni takomillashtirish sohasida malayziya diplomatlari malakasini oshirishdir. 

Muzokaralar davomida ikki mamlakat oʻxshash ixtisoslik OTMlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Hususan, Oʻzbekiston tomonidan JIDU huzuridagi Oliy diplomatiya maktabi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif etildi. Oliy maktab Tashqi ishlar vazirligi, investitsiyalar va tashqi savdo, hamda boshqa tashqi siyosiy, iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq vazirlik va idoralarning xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash bilan bogʻliq tashkilotdir. 

Hamkorlik aloqalarini birinchi bosqichida DXMI direktori Moxd Zamruni Xalidning onlayn-maʼruzasini JIDU talabalari uchun tashkil qilish taklif etildi, unda DXMI rahbari oʻzining diplomatik yoʻnalishdagi tajribasi bilan boʻlishadi. Shu bilan birga, muloqot davomida Moxd Zamrun Xalid Malayziya institutining qator oʻxshash xorijiy oʻquv dargohlari bilan aloqalari borligini ham aytib oʻtdi. Shu sabab, malayziyalik diplomat tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiya sohasidagi mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari istiqbolli va yuqori natijaviyligi ekanligini taʼkidladi.   

Olib borilgan muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga kelindi:

  • JIDU talabalari uchun DXMI bosh direktorining maʼruzalarini tashkil etish;
  • Oʻrganish va tajriba almashish maqsadida TIV vakillari uchun malaka oshirish kurslari boʻyicha JIDU huzuridagi Oliy biznes maktabi bilan hamkorlik aloqalarini  oʻrnatish;
  • DXMI va JIDU professor-oʻqituvchilarini ikki tashkilot tinglovchilari uchun leksiyalar qilishga taklif etish;
  • DXMI va JIDU jurnallarida chop etish maqsadida ilmiy maqolalar va tadqiqot natijalari bilan oʻzaro almashish;
  • DXMIda amalga oshirilayotgan taʼlim dasturlarini oʻrganish.