20.02.2021 336

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “Xalqaro huquq” fakultetining bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar berilib, agentlik tomonidan yuritilayotgan www.vacancy.argos.uz  saytidan foydalanish tartibi bilan tanishtirildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.