13.01.2021 272

JIDU nashriyotida “Xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha yangi avlod darsliklari va o’quv qo’llanmalari” uch jildli nashrining ikki jildi chop etildi. Nashr mas’ul muharriri – tar.f.d., prof. Sh.M.Abdullayev.

Mazkur o’quv qo’llanmalar JIDU “Xalqaro muammolar amaliy tahlili” va “Xalqaro munosabatlar” kafedralari mutaxassislarini jalb qilgan holda O’zR TIV JIDU huzuridagi Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi tomonidan nashrga tayyorlandi.

Birinchi jild “Tashqi siyosiy vaziyatlarning amaliy tahlili” tashqi siyosiy vaziyatlar amaliy tahlilining mohiyati va ahamiyati masalalariga, tahliliy faoliyat va tashqi siyosiy modellashtirish metodologiyasiga, xalqaro vaziyatlarni tahlil qilishning tayanch metodikalariga bag’ishlangan hamda mavjud tahliliy markazlar va ularning turlari xususida ma’lumot beradi, tashqi siyosiy bashoratlarning postfaktum tahlilini amalga oshirish imkonini beradi va h.k.

Mazkur o’quv qo’llanma so’z boshi, sakkizta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, boblarning nomlanishi quyidagicha:

I Bob. Tashqi siyosiy vaziyatlar amaliy tahlilining mohiyati va ahamiyati.

II Bob. Tashqi siyosiy tadqiqotlarni metodik qo’llab-quvvatlashning axborot bilan bog’liq jihatlari.

III Bob. Xalqaro vaziyatlarni tahlil qilishning tayanch metodikalari. Mazkur bob Kontent-tahlil, Ivent-tahlil, Kognitiv xaritalash, Tizimli tahlil, O’yinlar nazariyasi kabi paragraflarga bo’lingan.

IV Bob. Tashqi siyosiy tahlilni maqsadli tizimlash va tezkor tahliliy ishning o’ziga xos xususiyatlari.

V Bob. Tashqi siyosiy tahlil bo’yicha AQSh va Rossiyadagi yetakchi xalqaro markazlar. Mazkur bobda AQShdagi Xalqaro munosabatlar bo’yicha Kengash, Brukings institute, Rossiya Fanlar akademiyasi Ye.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot institute to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

VI Bob. Tashqi siyosiy tahlil bo’yicha Yevropa, Xitoy va Hindistondagi yetakchi xalqaro markazlar. Mazkur bobda Chatham House, Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi, Mudofaa tadqiqotlari va tahlili institute to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

VII Bob. Xalqaro vaziyatlarni tadqiq qilishda tizimli modellashtirish va ekspert baholari.

VIII Bob. Tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayonining tahlili.

Mualliflar jamoasi tarkibi quyidagi mutaxassislardan iborat: Sh.M.Abdullayev, tar.f.d., prof. (so’z boshi), A.A.Abduvaxitov, tar.f.n. (VIII bob), A.A.Umarov, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) (I, III, V, VI boblar), A.P.Seitov, sots.f.n. (VI bob), N.M.Raxmatullayeva, JIDU doktoranti (II, VII boblar), A.S.Raximov, XISTM bosh ilmiy xodimi (VIII bob).

Nashrning ikkinchi jildi – “Xalqaro munosabatlarni o’rganishga tizimli yondashuv” – xalqaro munosabatlarni o’rganishga tizimli yondashuvning mohiyati va ahamiyatini soddalashtirilgan va umumlashtirilgan ko’rinishda havola etishga bag’ishlangan. Unda zamonaviy ilmiy diskursda XM tizimli tahlili masalalari ko’rib chiqilgan, xalqaro tizimlar modellari, tuzilishi va turlari tahlil qilingan, kuchlar muvozanati yoki “ideal muvozanat” tizimi, xalqaro munosabatlarda qutblilik, zamonaviy xalqaro tizim evolyutsiyasi masalalariga e’tibor berilgan.

Mazkur o’quv qo’llanma quyidagi bo’limlardan iborat:

So’z boshi.

I Bob. Zamonaviy ilmiy diskursda xalqaro munosabatlar tizimli tahlili.

I.1. Ijtimoiy tizimlar nazariyasi (Talcott Parsons).

I.2. Tarkibiy funksionalizm yoki sotsiologik tizimli nazariya (Niklas Luhmann).

I.3. Siyosiy tizimlarni o’rganishga tahliliy yondashuvlar (David Easton).

I.4. Xalqaro siyosatda tizimli yondashuv (Morton A.Kaplan).

I.5. Xalqaro tizimlar to’g’risida (Richard Rosecrance).

I.6. Tizimli yondashuv va tahlil darajalari (Kenneth Waltz).

I.7. Tizimli o’zgarishlar: xalqaro tizim darajasi va davlatlar darajasi (Robert Gilpin).

I.8. Xalqaro tizim va tashqi siyosatning ichki va tashqi cheklovlari (Stanley Hoffmann).

I.9. Xavfsizlik hamjamiyatlari tahlili (Karl W. Deutsch).

I.10. Xalqaro tizim, gomogen va geterogen tizimlar (Raymond Aron).

I.11. Tizimli-tarixiy yondashuv (Immanuel Wallerstein).

I.12. Xalqaro jamiyat konsepsiyalari (Hedley Bull, Barry Buzan).

I.13. Uzun/uzoq sikllar nazariyasi va global tizim (George Modelski).

I.14. Rossiyada xalqaro munosabatlar tizimli tahlili an’analari.

I.15. Xitoy olimlari xalqaro tadqiqotlarida tizimli yondashuv.

II Bob. Tizimli yondashuv asoslari. Xalqaro munosabatlarda tizimli modellar

II.1. Devid Istonning “Tizimlar nazariyasi”.

II.2. Kennet Uolts tarkibiy realizmi.

II.3. Siyosiy vaziyatlar amaliy tahlilida tizimli yondashuv.

II.4. Tizimli tahlil doirasida muqobillarni taqqoslash metodikasi.

II.5. Zamonaviy dunyoda tizimli tafakkur va tahlilning ahamiyati.

III Bob. Xalqaro munosabatlar tizimi tarkibi: tarkibiy qismlar, muhit, kichik tizimlar, Xalqaro tizimlar tasnifi.

IV Bob. Kuchlar muvozanati yoki “ideal muvozanat” tizimi. Yevropa mumtoz muvozanati. Xalqaro munosabatlarda qutblilik.

V Bob. Xalqaro munosabatlar tizimida Vestfal modeli.

V.1. Mojaro matritsasi.

V.2. Millat-davlatlar asosiy sub’yekt sifatida.

V.3. Vestfal modeli tizim sifatida.

V.4. Vestfal tizimi davr ramzi sifatida.

V.5. “Vestfaliya”ning tizimli ahamiyati.

V.6. Xavfsizlik kafolatlari tinchlik sharti sifatida.

VI Bob. Zamonaviy xalqaro tizim evolyutsiyasi.

Mazkur o’quv qo’llanma mualliflari tarkibi quyidagi mutaxassislardan iborat: Sh.m.Abdullayev, tar.f.d., prof, (so’z boshi), N.Ya.Muminova, siyosiy f.n. (I bob), A.P.Seitov, sots.f.d., A.A.Umarov, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (II bob), I.X.Yakubov, siyosiy f.n. (III bob), N.M.Raxmatullayeva, JIDU doktoranti (IV bob), U.A.Xasanov, siyosiy f.n. (V bob), A.A.Abduvaxitov, tar.f.n., A.S.Raximov, XISTM bosh ilmiy xodimi (VI bob).

O’quv qo’llanmalar “Xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar” yo’nalishi bo’yicha bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan. Ular magistrantlar, doktorantlar, o’qituvchilar va tahliliy ish bilan shug’ullanuvchi ilmiy xodimlar hamda xalqaro siyosiy ekspertizaga kasb sifatida qiziquvchi barcha uchun qo’l kelishi mumkin.