09.01.2021 298

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2021-yil 8-yanvarda Toshkent shahar  Mirzo-Ulugʻbek rayoni  207, 222, 223- nchi umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilari uchun navbatdagi master-klass oʻtkazildi.

Mazkur master-klass Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli “Oʻzbekistonni yangi rivojlanish davrida taʼlim va fanni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish borasidagi 2020-yil 22-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qoʻl qoʻyilgan memorandum asosida oʻtkazildi.

Ikkita master-klass ingliz tilini oʻqitish zamonaviy metodikasi boʻyicha JIDU ingliz tili kafedrasi mudiri Ye.V. Borisova va tadqiqotchi oʻqituvchi  X.A. Axmadjonov tomonidan olib borildi.

Master klass darslari davomida “Yozma nutq” mavzusi boʻyicha dars berish savollari koʻrib chiqildi hamda yozma ishlar uchun baho qoʻyish muammoli masalalar oʻrganildi. Ushbular “Writing skills development” va “Assessment and rubrics for writing tasks” mavzulardagi master klasslarda oʻz aksini topdi.