20.11.2020 148

Bugun Butunjahon bolalar kuni. Bu kun 20-noyabr 1959-yildagi “Bola huquqlari haqida Deklaratsiya” va 1989-yildagi “Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya“ qabul qilinishi bilan belgilangan. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari-Bola huquqlari boʻyicha vakil xamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinika oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Unda Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xamda aholini bola huquqlari sohasidagi ijtimoiy tafakkurini oshirish maqsadlari eʼtirof etildi. Bola huqulari va manfaatlariga doir xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, bola huquqlarini taʼminlashga qaratilgan asosiy tamoiyllarni targʻib qilishda, tegishli tashkilotlar bilan loyihalar doirasida ilmiy amaliy konferensiya va seminarlar oʻtqazilishi kelishildi.

Memorandumni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari - Bola huquqlari boʻyicha vakili O.Yunusova xamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori G.Ismailova imzolashdi.