21.11.2020 474

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi oʻquvchisi "Nemis tilida ifodali oʻqish" tanlovi sovrindori boʻldi.

Germaniya davlatining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekistondagi nemis tilini oʻrganuvchi PASCH loyihasidagi hamkor litsey- maktab oʻquvchilari orasida "Nemis tilida ifodali oʻqish" boʻyicha har yilgi anʻanaviy tanlovi  17.11.20 kuni oʻtkazildi. Tanlovda Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridagi  PASCH loyihasidagi hamkor litsey- maktablardan 20 tacha  oʻquvchilar ishtirok etishdi. Tanlovda JIDU akademik litseyning 1-курс AFR3-20 guruh oʻquvchisi Kulbekov Ayyubbek faxrli 3- oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda elchixona tomonidan qimmatbaho sovgʻa va sertifikat bilan taqdirlandi.

Foto: Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi