15.10.2020 518

Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2020/2021 o'quv yili 1-kurs talabalari, yagona masofaviy ta'lim platformasi (Moodle)ga barcha 1-kurs talabalarining ulanishni texnik imkoniyatlarini va talabalarni ushbu platformada to'liq qamrab olinishini inobatga olgan holda, shuni ma'lum qilamizki, onlayn darslar 2020 yil 19 oktyabrda boshlanadi.

Eslatma!

Tizimga kirish uchun Siz https://admission.uwed.uz veb-sayti orqali login va parolni olishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun Siz pasportingizda ko'rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL, 14 ta raqam) kiritishingiz zarur (xorijiy fuqarolari uchun PINFL o'rniga pasportning seriyasini va raqamini kiritish kerak).

O'zingizni foydalanuvchi nomingiz va parolingizni olganingizdan so'ng, Siz https://moodle.uwed.uz saytiga kirishingiz va onlayn darslarga qatnashishingiz mumkin bo'ladi.