12.09.2020 586

Test sinovlari JIDU ning ochiq maydonida o‘tkaziladi. Karantin qoidalari hamon amalda. Test sinovlari oldidan va smenalar orasida hamda test sinovlaridan keyin hudud dizenfeksiyalanadi.

O‘quvchilar hududga kirishda quyidagi karantin qoidalariga amal qilishi shart:

  • 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashi;
  • harorati tekshiriladi;
  • antiseptik moddalar bilan qo‘llarga ishlov berilish;
  • qo’lqop va niqoblar almashtirish;
  • o’zining idenfikatsiya raqamini olish.

Tana harorati 37 darajadan yuqoriligi aniqlangan o‘quvchi test sinovlariga kiritilmaydi va tibbiy xodimlar hamda qabul komissiyasi vakili ishtirokida dalolatnoma tuziladi.

Imtihonga kirishda o‘quvchi o‘zi bilan pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasini olib kelishi shart.

O‘quvchilar imtihon topshirish hududiga telefon, kalkulyator, quloqchin, taqinchoqlar, salqin ichimliklar, soat va shu kabi buyumlarni olib kelishi ta’qiqlanadi.

Agar ta’qiqlangan buyumlar aniqlansa ichki ishlar xodimi va qabul komissiyasi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzilib o‘quvchi test sinovidan chetlashtiriladi.

O‘quvchilar tekshiruvlardan o‘tkazilib bo‘lgach, ularga tibbiy niqob va qo‘lqop tarqatiladi.

O‘quvchilar o‘zlariga ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa avval hududga kirib bo‘lishi kerak. Masalan: test sinovi soat 8-00 da boshlansa o‘quvchi 7-30 gacha hududga kirib bo‘lishlari lozim. O‘z vaqtida yetib kelmagan o‘quvchilar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

40 ta savolga javob berish hamda javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 120 daqiqa vaqt ajratiladi.

Hudud ovoz kuchaytirish hamda video kuzatuv moslamalari bilan ta’minlanadi.

O’quvhchilar 2-tur imtihoni sanasi va vaqtini bilish uchun  https://al.uwed.uz manzilidagi «Onlayn imtihon natijalari va ikkinchi bosqich sanasi / Результаты онлайн экзамена и дата второго этапа» boʻlimidan oʻz logini orqali kirib bilishi mumkin.

JIDU AL qabul komissiyasi

Malumot uchun tel: (998 71) 244-84-19