27.07.2020 166

Mazkur yilning 27 iyul sanasida videokonferensaloqa orqali Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻgʻrisidagi Singapur konvensiyasida ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi masalasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Ushbu tadbir Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda oʻtkazildi. Mazkur davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi koʻp tomonlama shartnomalarga qoʻshilish jarayonida muhokamaga birinchi bora ilmiy akademik kadrlarni jalb etish orqali oʻtkazildi.

Davra suhbati 2019-yil 6-fevraldagi №OʻZR-518 Qonuninning 12-moddasida belgilangan xalqaro-huquqiy hujjatning ilmiy ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi amaliyotni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshdi. 

Videokonferensaloqa davomida uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining mazkur konvensiyada ishtirokining amaliy ahamiyati toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan almashib, uning ijobiy va salbiy taraflarini yoritdilar, shuningdek mazkur konvensiya bajarilishi boʻyicha masʼul organ vakolatlari toʻgʻrisida ham gapirib oʻtdilar.

Muhokama yakuni boʻyicha Konvensiya normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va mamlakatimizda mediatsiya institutini rivojlantirish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.


Uchrashuv videosi