26.06.2020 264

Videokonferensiyada Vakayama universitetidan Turizm tadqiqotlari markazi ijrochi direktori Nakamoto Kazuye xonim va professor Nagatomo Ayako xonim qatnashdilar. JIDU tomonidan O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor M.T. Baqoev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor S.S. Saidqosimov, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani M.M. Hamdamov, “Xalqaro huquq” fakulteti dekani Sh.B. Urunbaev, “Sharq tillari” kafedrasi mudiri H.Sh. Gafurova,  Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.I. Muxitdinov va Ilmiy bo‘lim boshlig‘i R.A. Ernazarov ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Yaponiyaga muvaffaqiyatli tashrifi JIDU va Yaponiya universitetlari o‘rtasidagi fan-ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga yangi turtki berilganligi alohida ta’kidlandi.

JIDU va Vakayama universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez muddatda imzolash masalalari muhokama qilindi.

2020 yil sentyabr oyidan boshlab yapon va ingliz tillarida “Yapon tili” va “Zamonaviy yapon jamiyati (madaniyat, tarix, adabiyot, san’at)” mavzusida onlayn ma’ruzalar tashkil etish va yosh tadqiqotchilar bilan onlayn ravishda qo‘shma ilmiy konferensiyalar va seminarlarni ikkala universitetning yosh tadqiqotchilari, magistrantlari va doktorantlari ishtirokida o‘tkazish, shuningdek, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini nashr etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Talabalar va magistrlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning metodologiyasi va usullari kabi mavzularga e‘tibor qaratish to‘g‘risida kelishildi.

Yaqinda JIDUda tashkil etilgan Yaponiya ilmiy tadqiqotlari tahliliy markazi bazasida xalqaro turizm muammolari bo‘yicha ma’ruzalar kursini tashkil etish, Yaponiyaning ushbu sohadagi katta tajribasidan foydalangan holda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

JIDU bitiruvchisi, hozirda Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori E. Elmurodov ushbu on-layn uchrashuvni o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Tomonlar Vakayama universiteti va JIDU rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini tezkor hal etish maqsadida shu kabi uchrashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun: Suratda Vakayama universiteti prezidenti prof. Ito Chixiro, Lumbidi Kupanxi – Vakayama universiteti vitse-prezidenti, Nakamoto Kazu – Turistik tadqiqotlar markazi direktorining o‘rinbosari, Murano Misato – Turistik tadqiqotlar markazining ilmiy xodimi, E. Elmurodov – Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori.

2020 yil fevral oyida JIDUga Vakayama universiteti prezidenti prof. Ito Chixiro rahbarligidagi ishchi tashrif bo‘ib o‘tgan.