15.05.2020 637

Masofaviy ta'lim deyarli uch oy davom etadi. Koronovirus pandemiyasi tufayli karantin e'lon qilindi va barcha ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlari masofadan turib olib borilmoqda. Universitetimiz talabalari o'z uylarida mustaqil ravishda tahsil olishadi va ota-onalariga uy ishlarida yordam berishadi. Hozir barcha talabalar Moodle tizimi orqali yuborilgan vazifalar bilan shug’ullanishmoqdalar. Ammo bo'sh vaqtlari bo'lganda, ular uni behuda o’tqazmaydilar va sport bilan shug'ullanadilar. Keling, talabalarimiz tomonidan tayyorlangan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari uchun quyidagi videoni baham ko'raylik.

Shuhrat Dilmuradov